23:58 / 28.10.2019
0
9559

Apple yangi AirPods Pro simsiz quloqchinlarini namoyish etdi

Yangi AirPods narxi 300 dollardan ortiqroq etib belgilangan.

Foto : Apple

Apple kompaniyasi AirPods Pro simsiz quloqchinlarini namoyish etdi.

Yangi quloqchinlar vakuumli bo‘lib, shovqinni yo‘qotish funksiyasiga ega bo‘ldi.

Kompaniya saytida aytilishicha, AirPods Pro ikkita mikrofon bilan jihozlangan, ovozni quloq tuzilishi va quloqchinlarning holatiga qarab moslab uzatadi.

Ularda "shaffof" rejim ham bo‘lib, bu rejim orqali quloqchin egasi tashqi olamdagi ovozlarni – avtomobil signalidan tortib transportdagi e'lonlargacha eshitishi mumkin bo‘ladi.

Quloqchinlar quvvatlashsiz 4,5 soat ishlashi mumkin.

Yangi AirPods narxi 300 dollardan ortiqroq etib belgilangan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top