14:18 / 28.10.2019
1
11426

Epsilon: 10 mlrd. kub.m. gaz zaxiralariga ega bo‘lgan yangi Bahoriston konining tajriba-sanoat ekspluatatsiyasi boshlandi

Qidiruv qudug‘ining o‘zlashtirilgan qismida kunlik debit hajmi 200 ming kub.m. gazni va 20 tn. neftni tashkil etdi. Mahsuldor qatlamning bor qalinligi o‘zlashtirilgach, kunlik gaz debiti hajmi 400 ming. kub.m. gacha ortadi.

Foto: Epsilon

Kompaniya 28 oktabr 2019 y. yangi ochilgan Bahoriston konining 1-sonli qidiruv qudug‘ining tajriba-sanoat ekspluatatsiyasini yo‘lga qo‘ydi.

Tadqiqotlar ko‘rsatdiki, konning neft va gaz kondensati yig‘indilari yuqori Yura davrining kellovey-oksford karbonat qatlamlari bilan chegaralangan bo‘lib, mahsuldor qatlamning neft qismi bo‘yicha balandligi 30 metrni, gaz kondesati qismi bo‘yicha balandlik esa 70 metrni tashkil etadi. Neft qismi qariyb kunlik 20 tn. neft, o‘zlashtirilgan gazokondensat qismi esa 250 atmosfera qatlam bosimi ostida kunlik 200 ming kub.m. atrofida tabiiy gaz berish salohiyatiga ega. Gazining hisoblangan zahiralari 10 mlrd. kub.m. gacha bo‘lgan Bahoriston yangi koni kompaniya tomonidan 2019 yilning avgustida, Muborak investitsiya blokida ochilgan.  

Shuningdek, bugun kompaniya Eshonquduq, Janubiy Tandircha va Shimoliy Nishon konlaridagi GRP o‘tkazilgan uchta quduqdan ko‘proq gaz oqimini olishni rejalashtirmoqda.

Barcha ishlar zamonaviy uskuna, ilg‘or uslub va texnologiyalarni qo‘llagan holda olib borilmoqda. Mazkur ishlar yakuniga yetgach, tegishli hududlarda tiklash ishlari amalga oshiriladi.

Kompaniya qilinayotgan ishlar to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor etishda davom etadi.

Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmati

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top