Rossiya Tojikistonga beg‘araz asosda harbiy texnika va qurollar taqdim etdi
Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni Aleksandr Lapinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Tojikistonni Markaziy Osiyo hududidagi asosiy ittifoqdoshi sifatida ko‘radi va milliy qurolli kuchlarni modernizatsiya qilish dasturi doirasida uning mudofaa salohiyatini mustahkamlashga ko‘maklashadi.
Rossiya harbiylari Tojikiston qurolli kuchlariga beg‘araz asosda umumiy qiymati 320 mln rubllik (5 mln dollar) harbiy texnika va qurol-yarog‘lar partiyasini taqdim etdi. Bu haqda Rossiya markaziy harbiy okrugi matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdimot marosimi Dushanbeda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining “Buzilmas qardoshlik - 2019” o‘quv mashg‘ulotlari yakunlanganidan so‘ng bo‘lib o‘tdi.
Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni Aleksandr Lapinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Tojikistonni Markaziy Osiyo hududidagi asosiy ittifoqdoshi sifatida ko‘radi va milliy qurolli kuchlarni modernizatsiya qilish dasturi doirasida uning mudofaa salohiyatini mustahkamlashga ko‘maklashadi.
Olti davlat (Rossiya, Belorussiya, Armaniston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston) harbiylari ishtirokidagi “Buzilmas qardoshlik - 2019” o‘quv mashg‘ulotlari 21 oktabr kuni Tojikistonning "Harb-Maydon" poligonida boshlangandi. Unda 3,5 ming harbiy, 600 dan ortiq harbiy va maxsus texnika qatnashdi.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024
Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
22:55 / 12.10.2024