03:13 / 30.10.2019
0
12186

La Liga. «Barselona» yirik hisobda g‘alaba qozondi, Messida dubl

Foto: Reuters

La Liga 11-turidan o‘rin olgan «Barselona» hamda «Valyadolid» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Kataloniyaliklar 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, turnir jadvalida yetakchiga aylanib oldi. Kliman Langle, Arturo Vidal va Luis Suareslar bittadan gol urgan bo‘lishsa, Lionel Messi dubl qayd etdi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Barselona» hisobidagi ochkolari soni 22 taga yetdi va Messi jamoadoshlari birinchi o‘ringa chiqib olishdi. «Barselona» qolgan jamoalardan bitta o‘yin kam o‘tkazgan holda yetakchilik qilmoqda. 18 dekabr kuni jamoa 10-turning qoldirilgan o‘yinini o‘z maydonida «Real»ga qarshi o‘tkazadi.

La Liga. 11-tur

Barselona – Valyadolid 5:1

Gollar: Langle (2), Vidal (29), Messi (34, 75), Suares (77) – Olivas (15).
Barselona: ter Stegen, Langle, Semedu, Alba (Serdji Roberto, 78), Pike, Buskets, de Yong (Rakitich, 60), Vidal, Fati (Grizmann, 63), Suares, Messi.
Valyadolid: Masip, Olivas, Porro, Nacho Martines (Salisu, 32), Xoakin Fernandes, Michel, Anuar (Ervias, 53), Valdo Rubio, Barba, Gvardiola, Plano (Unal, 66).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top