18:00 / 31.10.2019
0
7615

Li Ketsyan boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi O‘zbekistonga kelmoqda

2019 yilning 1-2 noyabr kunlari XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrifini amalga oshiradi.

Kun.uz manbasi xabar berishicha, tashrif doirasida ikki tomonlama munosabatlar istiqbollarini muhokama qilish uchun hukumatlararo muzokaralr o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Li Ketsyan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Hukumatlar rahbarlari (Bosh vazirlari) kengashining 18-majlisida ishtirok etishi kutilmoqda.

ShHT a'zo davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi majlisida 10dan ortiq hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda tashkilotga a'zo davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari va choralari ko‘rib chiqiladi.

An'anaga ko‘ra, yig‘ilish doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top