12:36 / 31.10.2019
0
9535

Navoiyda halokatga uchragan havo kemasini izlab topishga qaratilgan o‘quv mashqi o‘tkazildi

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan «Navoiy» xalqaro aeroporti hududidan tashqarida halokatga uchragan havo kemasini izlab topish va kechiktirib bo‘lmaydigan avariya-qutqaruv ishlarini tashkil etishga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqi bosqichma-bosqich real sharoitga yaqinlashtirilgan holda o‘tkazildi. O‘quv mashqining asosiy maqsadi etib, viloyat doimiy tayyorgarlikdagi xizmatlarining halokatga uchragan havo kemasini izlab topish va kechiktirib bo‘lmaydigan avariya-qutqaruv ishlarini tashkil etishda obekt qutqaruvchilarini tajriba va malakasini oshirish, ularning hamkorlikdagi harakatlarini amalda tekshirish hamda muvofiqlashtirish belgilandi.

O‘quv mashqi yig‘in, havo kemasi halokatga uchragan hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkil qilish, yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf qilish, havo kemasidan jabrlanuvchilarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi bosqichlarda o‘tkazildi.

O‘quv mashqlariga viloyat FVB, Milliy Gvardiya, FVB YoXB, IIB, SSB hamda «Navoiy» xalqaro aeroportining kuch va vositalaridan 20 ta maxsus texnika va 118 nafar xodimlar jalb etilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top