20:30 / 01.11.2019
0
9134

JST Xitoyning AQShga qarshi javob choralari qo‘llashiga ruxsat berdi

Jahon savdo tashkilotining izohlashicha, javob choralari miqdori Xitoyning AQSh bojlaridan ko‘radigan zarari miqdoriga tengdir.

Foto: AP Photo / Brian Snyder/File Photo

Jahon savdo tashkiloti (JST) Xitoyning AQShga nisbatan yiliga 3,579 milliard dollardan oshmagan miqdorda javob choralari kiritishiga ruxsat berdi. Bu haqda JST ma'lum qildi.

"Xitoy yiliga 3,579 milliard dollardan oshmagan miqdorda chegirmalarni yoki boshqa majburiyatlarni to‘xtatishni talab qilishga haqli", - deyiladi tashkilot xabarida.

JSTning izohlashicha, javob choralari miqdori Xitoyning AQSh bojlaridan ko‘radigan zarari miqdoriga tengdir.

Eslatib o‘tamiz, AQSh 1 sentyabrda Xitoyning 112 mlrd dollarlik mahsulotlariga 15 foizlik qo‘shimcha bojlar kiritgandi. Tramp bunga sabablardan biri sifatida Xitoy tomonidan AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va'dasi bajarilmaganini keltirgan. Xitoy bunga javoban AQShning 75 mlrd dollarlik mahsulotlariga 10 foizlik boj kiritgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top