19:52 / 02.11.2019
0
13885

Nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida rasm chizish bo‘yicha respublika ko‘rik tanlovida barcha qatnashchilar g‘olib deb topildi

Yoshlar ijod saroyi binosida 7 yoshdan 17 yoshgacha nogironligi bo‘lgan iqtidorli yoshlar o‘rtasida rasm chizish bo‘yicha respublika ko‘rik tanlovi hamda nogironligi bo‘lgan bolalar tomonidan yaratilgan san'at asarlarining ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

O‘zbekiston Adliya vazirligi O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslarni birlashtirish hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 

“Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasini amalga oshirib kelmoqda.

Mazkur loyiha doirasida 2 noyabr kuni Yoshlar ijod saroyi binosida 7 yoshdan 17 yoshgacha nogironligi bo‘lgan iqtidorli yoshlar o‘rtasida rasm chizish bo‘yicha respublika ko‘rik tanlovi hamda nogironligi bo‘lgan bolalar tomonidan yaratilgan san'at asarlarining ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Bolajonlar imkoniyatlari cheklangan bo‘lishlariga qaramasdan, tengqurlari qatorida o‘z san'atlarini namoyish qilishdi.

Tanlov jarayonida boshqa tanlovlarda kuzatilmaydigan ajoyib voqea ro‘y berdi. Ya'ni respublikaning barcha hududlaridan saralab olingan bolalarning barchasi imkoniyatlari cheklanganligiga qaramasdan hayotga bo‘lgan qiziqishlari yuqori darajada ekanligi va bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘lganliklari sababli rasm chizishda 1-o‘ringa munosib deb topildi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top