3 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy hududlarida qor yog‘di. Qoraqalpog‘istonlik jurnalist Qunduz Jumagaliyeva feysbukdagi sahifasida shu kuni tongda olgan suratlarini joylashtirgan.
Ayrim hududlarda qor aralash yomg‘ir yog‘ishi kuzatilgan.
Bundan avvalroq O‘zbekistonga sovuq havo oqimi kirib kelib, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi haqida xabar qilingandi.