Niko Kovach «Bavariya» bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Klub bosh murabbiy bilan o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qildi.
Myunxenliklar Bundesliganing 10-turida Kovachning sobiq jamoasi «Ayntraxt»dan 1:5 hisobida mag‘lub bo‘lgach, klub rahbariyati murabbiyni iste'foga chiqarishga qaror qilgan.
«Bavariya»ni Chempionlar ligasidagi «Olimpiakos»ga qarshi va Bundesligadagi «Borussiya» Dortmundga qarshi o‘yinlarga Kovachning yordamchisi Xans Flik tayyorlaydi.
Bundesligada 10-turdan so‘ng «Bavariya» 18 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.