20:44 / 04.11.2019
0
6417

Janubiy Koreya razvedkasi Kim Chen In Tramp bilan uchrashmoqchi ekanligini ma'lum qildi 

Koreya milliy razvedka xizmatining ma'lumot berishicha, noyabr oxirida yoki dekabr boshida Vashington va Pxenyan davlat rahbarlari uchrashuvini tashkil etish uchun muzokaralarni qaytadan boshlaydi.

KXDR rahbari Kim Chen In dekabrda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishga qaror qilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Janubiy Koreya razvedkasi ma'lumotlariga tayanib Yonhap agentligi xabar berdi.

Koreya milliy razvedka xizmatining ma'lumot berishicha, noyabr oxirida yoki dekabr boshida Vashington va Pxenyan davlat rahbarlari uchrashuvini tashkil etish uchun muzokaralarni qaytadan boshlaydi. Razvedka vakillarining taxminicha, yil oxiriga qadar KXDP yetakchisi Xitoyga tashrif buyurishi mumkin.

2018 yil 12 iyunda Singapurda Tramp va Kim Chen In qo‘shma deklaratsiya imzolagandi. Unga ko‘ra, Pxenyan Vashington tomonidan xavfsizlik kafolati evaziga Koreya yarim orolida yadrosizlanish bo‘yicha majburiyat olgandi. 2019 yil fevralda Xanoyda o‘tkazilgan ikkinchi sammit natijasiz yakunlandi.

5 oktyabrda AQSh va KXDR vakillari Shvetsiyada uchrashuv o‘tkazdi, ammo muzokaralar hech qanday natija bermadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top