12:49 / 04.11.2019
1
16629

Mobil qurilma IMEI-kodini Yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati yo‘lga qo‘yildi

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi, Yagona integrator UZINFOCOM va «O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi» davlat unitar korxonasi, my.gov.uz saytida IMEI bo‘yicha mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatini yo‘lga qo‘ydilar.

“IMEI bo‘yicha mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish” xizmati jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi tashkilotlar – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan avtorizatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilarga ko‘rsatiladi.

SIM-modulli planshetlar, smartfonlar, mobil/funksional telefonlar, portativ qurilmalar (shu jumladan cho‘ntakda olib yuriladigan shaxsiy kompyuterlar), adapterlar, WLAN routerlar, IoT qurilmalari, transport vositalari, elektron kitoblar, aloqa modullari, kompyuterlar, modemlar va olib yuriladigan qurilmalar ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

Xizmatdan foydalanganlik natijasi sifatida, mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tganligini hamda O‘zbekiston Respublikasi uyali aloqa tarmoqlarida foydalanilishi mumkin ekanligini tasdiqlovchi hujjatni (PDF-formatda) yuklab olish/chop etish imkoniyati yaratilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top