11:10 / 04.11.2019
0
28304

Moskva - Dushanbe yo‘nalishida parvoz qilgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Foto: Maksim Tumanov/TASS

Moskva-Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan «Uralskiye avialinii» aviakompaniyasining A320 samolyoti Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» O‘zbekiston poytaxti aeroporti vakiliga tayangan holda xabar qildi.

«Uralskiye avialinii» aviakompaniyasining Moskva-Dushanbe yo‘nalishida parvoz qilgan samolyoti ertalab soat 6:10da (Moskva vaqti bilan 4:10) Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Buning sababi - Dushanbe aeroportidagi momaqaldiroq», - deya ma'lum qilishgan Toshkent aeroportidan.

Qayd etilishicha, samolyot Dushanbega Moskva vaqti bilan soat 4:00da yetib borishi kerak edi. Layner parvozni davom ettirishga ko‘rsatma kutmoqda. Barcha yo‘lovchilar bortda ekani aytiladi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top