07:44 / 06.11.2019
0
24367

Qator iste'molchilar uchun suvdan foydalanish tariflari oshirilyapti

Foto: Flickr

Toshkent shahar hokimi mahkamasi Moliya bosh boshqarmasida tasdiqlangan deklaratsiyada yangi tariflar belgilandi.

Norma’ning yozishicha, 2019 yil 16 noyabrdan Toshkent shahri bo‘yicha III guruh tijoriy iste'molchilari bo‘lgan yuridik shaxslar uchun quyidagi stavkalar joriy etilmoqda:

suv ta'minoti bo‘yicha – 1 m3 uchun 730 so‘m QQSsiz;

oqava suv bo‘yicha - 1 m3 uchun 460 so‘m QQSsiz.

Qolgan barcha I va II guruhlar iste'molchilari uchun yuqorida ko‘rsatilgan deklaratsiyaga muvofiq tariflar 2019 yil 16 noyabrdan o‘zgarishsiz qolmoqda: suv ta'minoti bo‘yicha – 1 m3 uchun 310 so‘m QQSsiz, oqava suv bo‘yicha - 1 m3 uchun 250 so‘m QQSsiz.

Ma'lumot uchun: Toshkent shahar hokimining 2.04.2019 yildagi 499-son qaroriga binoan Toshkent shahri iste'molchilariga ichimlik suv ta'minoti xizmatlari uchun ilgari belgilangan 1m3 uchun 100 so‘m miqdoridagi maxsus ustama haq miqdori 2019 yilda ham saqlab qolindi, oqava suv (kanalizatsiya) xizmatlari uchun ham shunday ustama haq belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Cuv ta'minoti va oqava suvni chiqarish xizmatlari ko‘rsatish qoidalari bo‘yicha iste'molchilar uchta guruhga bo‘lingan:

I – xususiy uy-joylarda va ko‘p kvartirali uydagi xonadonlarda yashaydigan jismoniy shaxslar;

II – issiqlik ta'minoti tashkilotlari, ISKX tashkilotlari, Mudofaa vazirligi va boshqa tashkilotlarning idoraviy uy-joy fondi va yotoqxonalari, budjet tashkilotlari, diniy tashkilotlar, elchixonalar va diplomatik vakolatxonalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, XUMSh;

III – I va II guruhga kirmagan tashkilotlar.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top