16:17 / 07.11.2019
1
7628

Elektr ta'minoti korxonasi mas'ul shaxslari 31,8 mln so‘mni talon-toroj qilib yuborishgan

Illyustrativ foto

Termiz tuman elektr ta'minoti korxonasi mansabdor va mas'ul shaxslari o‘zaro jinoiy til biriktirib, 2017 yil avgust oyidan 2019 yil iyun oyiga qadar 131 nafar fuqarodan elektr to‘lovi uchun deb naqd pullarni yig‘ib olib, ularga pul qabul qilinganligi haqida kvitansiyalar berishgan. 

MIB xabariga ko‘ra, ular naqd pullarni tegishli tartibda kirim qilmasdan, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishgan. So‘ng, o‘zlari tomonidan sodir etilgan jinoyatini yashirish va jinoiy javobgarlikdan qutulib qolish maqsadida “Elektrhisob” PK dasturidan ERI (elektron raqamli imzo) orqali 100 nafar fuqaroning hisob varag‘idagi pul mablag‘lardan jami 31.8 mln. so‘mni ularning xabardorligisiz, hech qanday hujjatlarsiz asossiz ravishda o‘zlari tomonidan o‘zlashtirib yuborilgan 131 nafar fuqaroning “Elektrhisob” dasturidagi hisob varag‘iga o‘tkazishgan. 

Fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlarni, ya'ni, 31.8 mln. So‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishgan.

Mazkur holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi tomonidan 28.09.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top