09:04 / 07.11.2019
0
8628

Erdo‘g‘an va Tramp Vashingtonda uchrashishga kelishib oldi

Foto: Michael Reynolds/EPA POOL

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 13 noyabrda AQSh poytaxti Vashingtonga tashrif buyurib, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi.  

Ikki yetakchi bu haqida telefon orqali suhbatda kelishib olishdi.

AQSh prezidentining ta'kidlashicha, suhbat yaxshi kechgan va unda gap birinchi navbatda IShIDga qarshi kurash haqida borgan.

Erdo‘g‘an Trampga IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy yo‘q qilingandan keyin Suriyadan qochgan terrorchilar ushlangani haqida so‘zlab bergan. 

Shuningdek, yetakchilar ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy muammolarni muhokama qilishgan.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top