16:16 / 07.11.2019
3
19557

Uchtepa tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Aziz Xo‘janov Toshkent shahri Uchtepa tumani hokimining Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Aziz Xo‘janov 1985 yilning 23 aprelida tavallud topgan. 2008 yilda V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot akademiyasi, 2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2005 yilda Toshkent shahar binolardan foydalanish departamenti mutaxassisi lavozimidan boshlagan. Undan so‘ng Yakkasaroy tuman hokimligining bosh mutaxassisi, Toshkent shahar «Toshissiqquvvati» ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasida iqtisodchi, Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimi yordamchisi, «O‘zkommunxizmat» agentligi Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar boshqarmasining bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top