15:00 / 08.11.2019
0
15456

Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

Foto: KUN.UZ

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi ustida bir necha kun davomida hukmronlik qilgan sovuq antitsiklon chekinishni boshlaydi, bu kechki sovuqlarning biroz pasayishi va kunduzgi haroratning ozgina ko‘tarilishiga olib keladi. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, dam olish kunlari kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, kechasi harorat 0-5 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Bu shu davr uchun xos bo‘lgan o‘rtacha qiymatlarga yaqin. 

Yakshanbada Qozog‘iston hududi bo‘ylab navbatdagi sovuq havo oqimi o‘tadi. Respublika ana shu sovuq oqim chegarasida bo‘ladi. Shu sababli bulutlar ko‘payib, harorat 2-3 darajaga bir oz pasayadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top