08:14 / 08.11.2019
2
13872

Energetika vazirligi: aqlli hisoblagichlar elektr energiyasi uchun to‘lovni 99 foizgacha oshirdi

Foto: Energetika vazirligi matbuot-xizmati

Energetika vazirligida mamlakatda ASKUE tizimini joriy etish bo‘yicha asosiy hamkor hisoblangan Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi bilan ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, «Elektr energiyasi iste'moli hisobini yuritish va nazorat qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish» investitsiya loyihasining amalga oshirilishi Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi sinov loyihalaridan boshlanib, mamlakat bo‘ylab bosqichma bosqich davom etmoqda. Hozirgi kunda elektr energiya sarfini hisoblash bo‘yicha «aqlli hisoblagichlar» deb ataladigan zamonaviy asboblarning o‘rnatilishi O‘zbekiston poytaxtida ham amalga oshirilmoqda.  

«KT Corporation» vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etildiki, sinov loyihasini amalga oshirish davomida iste'molchilardan foydalanilgan elektr energiyasi uchun haq to‘lash darajasi 99 foizgacha o‘sdi. 

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ bilan hisoblash asboblariga ular o‘rnatilganidan so‘ng xizmat ko‘rsatish, ASKUE tizimiga va hisoblash uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun qo‘shimcha xodimlarni o‘qitish mexanizmi muhokama qilindi. 

Shuningdek, ishchi yig‘ilishi davomida «KT Corporation» vakillari tomonidan ASKUE markazlashtirilgan tizimining amalga oshirilishi loyihasining taqdimoti o‘tkazildi. 

Ayni paytda xorijiy tomon vakillari tizimning birinchi va ikkinchi bosqichlari joriy qilinishi natijalariga ko‘ra, boshqa ishlab chiqaruvchilar hisoblash asboblari bilan bir-biriga mosligi foizi 98 foizni tashkil etadi va yaqin kunlarda uni 100 foizga yetkazish mo‘ljallanmoqda. Hozirgi paytda Koreya tomonidan test paneli yetkazib berildi, uning yordamida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib beriladigan uskunalarning joriy tizim bilan bir-biriga mosligi tekshiriladi. 

«KT Corporation» kompaniyasi bilan ASKUE tizimini joriy qilish bo‘yicha shartnoma 2015 yil 12 oktyabrida imzolangan.  

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining PQ-3981 sonli qaroriga muvofiq, ASKUE 1-faza loyihasi pudratchisi - «KT Corporation» kompaniyasi (Koreya) bilan ASKUE Yagona ma'lumotlarga ishlov berish bo‘yicha respublika markazini tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha bitim imzolanishi ham ko‘zda tutilgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top