14:27 / 08.11.2019
0
7714

«Isuzu»ga ortilgan noqonuniy televizorlar to‘xtatib qolindi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Maishiy texnika buyumlarini yashirincha olib kirishga doir qonunbuzilish holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda Do‘stlik tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida, kuzatuvga olingan fuqaro U.A. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk mashinasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida, uning yukxonasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 20 dona, umumiy qiymati 37 million so‘mlik televizorlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top