22:21 / 10.11.2019
0
20028

Afg‘onistonda IShID yakson qilingani ma'lum qilindi 

Afg‘oniston hududida IShID terrorchilik guruhi yakson qilindi. Bu haqda Afg‘oniston ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Mas'ud Andrabiy ma'lum qildi. 

«IShID ekstremistlari Afg‘onistonda mag‘lub bo‘lib, yakson qilindi», deb aytgan Andrabiy Nangorhor viloyati politsiya boshqarmasi boshlig‘ini tanishtirish vaqtida. Uning aytishicha, “IShIDning mayda guruhlari Afg‘oniston hukumat kuchlariga taslim bo‘lmoqda, mamlakatning boshqa tumanlariga ko‘chmoqchi bo‘lgan jangarilar esa xavfsizlik kuchlari tomonidan yo‘q qilinadi”. 

Andrabiyning ta'kidlashicha, mahalliy aholi hukumat kuchlarini qo‘llab-quvvatlaydi va “hech qanday xorijiy [terrorchilik] tarmoqqa Afg‘oniston yerida o‘rnashib olishga yo‘l qo‘ymaydi”.

IShID Afg‘onistonda borligini 2015 yilda e'lon qilgan. Terrorchilik guruhi zimmasida mamlakatda, ayniqsa Nangorhorda sodir etilgan ko‘plab teraktlar, mahalliy hokimiyat vakillari va tinch aholiga hujumlar bor. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top