14:44 / 12.11.2019
0
8550

Nazarboyev «hokimiyat tranziti» haqida: O‘ta noyob hodisa emas

Foto: elbasy.kz

Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning tan olishicha, «hokimiyat tranziti» masalasi o‘ziga eng ko‘p beriladigan savoldir. U jahon tarixidan shunga o‘xshash misollar keltirdi, deb yozmoqda Tengrinews.kz.

«Hokimiyat tranziti masalasi hozir menga eng ko‘p berilayotgan savol. Mening vakolatim 2020 yil oxirida tugashi kerak edi, men shunday qaror qildim, mamlakatdagi reytingim eng baland bo‘lgan paytda prezident lavozimidan ketdim. 2015 yilgi saylovlarda 96 foiz ovoz to‘pladim va bilamanki, mening ketishim aholi tomonidan umidsizlik bilan qabul qilindi. Bilasizmi, bu u qadar noyob hodisa emas. General Sharl De Goll ham Fransiya prezidentligidan ketgandi. Li Kuan Yu Singapurda shunday qilgan. Malayziya bosh vaziri Mahathir Muhammad 92 yoshida qaytib keldi. Bunday holatlar uchrab turadi», - dedi Nazarboyev Nur-Sultondagi Astana Club yig‘ilishida.

U forum ishtirokchilariga SSSR davrida ham Qozog‘istonni boshqarganligini aytdi.

«1984 yilda Qozog‘iston Vazirlar kengashi raisi etib saylandim. 35 yoshimda. SSSR parchalanganidan keyingi yillar ayniqsa qiyin kechdi. Xuddi singan idish kabi, barcha aloqalar uzildi, 2 million fuqaro ishsiz qoldi. Elektr yo‘q, sut ham, non ham yo‘q. O‘tgan yillar davomida mamlakatimiz iqtisodiyoti 20 baravar o‘sdi, xalqning farovonligi 19 baravar oshdi. Butunlay yangi mamlakat barpo etdik», - dedi Nazarboyev.

Bundan oldin, Qozog‘iston sobiq prezidenti Putin va Zelenskiyga taklif bilan chiqqandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top