16:16 / 12.11.2019
1
14042

Qaysi viloyatlarda eng kam korxona va tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tgani ma'lum qilindi

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 25 foizi savdo, 17,7 foizi sanoat, 9,2 foizi qurilish, 7,5 foizi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 6,5 foizi yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, 3,9 foizi tashish va saqlash, 2 foizi axborot va aloqa, 1,9 foizi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda 26,3 foizi boshqa faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Hududlar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni eng ko‘pi Toshkent shahri (85 366ta), Toshkent (43 045ta), Farg‘ona (35 374ta), Andijon (32 947ta) va Samarqand (32 512ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Aksincha, Sirdaryo (13 119ta), Navoiy (16 708ta) hamda Jizzax (17 823ta) viloyatlarida korxonalar soni kamligini kuzatish mumkin. 

Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 391 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga solishtirilganda 72,7 mingtaga (22,8 foiz) o‘sgan. 

Hududlar kesimida qaralganda, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni eng ko‘pi Toshkent shahri (82 005ta), Toshkent (37 664ta), Farg‘ona (34 891ta), Andijon (31 600ta) va Samarqand (30 881ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Aksincha, Sirdaryo (12 328ta), Navoiy (16 316ta) hamda Jizzax (16 994ta) viloyatlarida korxonalar soni kamligini kuzatish mumkin. 

2019 yil yanvar-oktabr oylarida 82 622ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2018 yilning shu davriga nisbatan 1,8 martaga ko‘pdir. 

Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi Toshkent shahri (16 479ta), Toshkent (8 350ta), Samarqand (7 050ta), Farg‘ona (6 366ta), Buxoro (5 614ta), Navoiy (5 968ta), Andijon (5 534ta), Namangan (4 960ta) va Qashqadaryo (4 894ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Aksincha, Sirdaryo (2 345ta), Jizzax (3 330ta), Surxondaryo (4 018ta), Xorazm (4 340ta) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3 374ta) korxona va tashkilotlarni tashkil etish ko‘rsatkichi past darajani aks ettirgan. 

2019 yil 1 noyabr holatiga 330,2 mingta tijorat shaklidagi korxonalar va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan xususiy korxonalar - 83,8 mingta, oilaviy korxonalar - 25,2 mingta, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar - 214,4 mingta va boshqalar 6,8 mingtani tashkil etgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top