16:11 / 14.11.2019
0
7206

To‘qayev Xitoy neft va gaz korporatsiyasidan qozog‘istonlik ishchilar oyligini oshirishni talab qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston-Xitoy munosabatlari rivojiga yuqori baho berdi va CNPC kompaniyasining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini ta'kidlab o‘tdi.

- CNPC neft qazib olishda ham, uglevodorodlarni qayta ishlash va tashish sohasida ham ishtirok etmoqda. Sizning korporatsiya tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar Qozog‘iston iqtisodiyotida juda muhim rol o‘ynaydi, - deya qayd etdi Qosim-Jomart To‘qayev.

Foto: akorda.kz

Prezident CNPC rahbariyati oldiga qozog‘istonlik ishchilarning ish haqini oshirish, ish haqi miqdorini xorijiy ishchilarga to‘lanadigan to‘lov darajasiga yetkazish, shuningdek, tovarlar va xizmatlarni sotib olishda Qozog‘iston ulushini oshirish bilan bog‘liq qator vazifalarni qo‘ydi.

O‘z navbatida, CNPC direktorlar kengashi raisi Van Ilin qo‘llab-quvvatlov uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi hamda kompaniyaga yuklatilgan vazifalarni yaxshi tushunishini bildirdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top