11:53 / 14.11.2019
4
13414

Toshkent yo‘llarida shaxsni tanish va mashina tezligini aniqlash imkoniga ega tizim paydo bo‘lishi mumkin

Foto: KUN.UZ

Poytaxt yo‘llarida yuqori texnologiya orqali shaxsni tanish, avtoulovlar oqimi va ularning tezligini aniqlash imkoniga ega loyiha amalga oshirilishi mumkin.

Toshkent shahar hokimi Qozog‘istonning Open Technologies Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Muloqotda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda “Aqlli shahar” loyihasini amalga oshirish hamda turli sohalarda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuvda yo‘llardagi xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan loyiha atroflicha muhokama qilindi. Open Technologies Group kompaniyasi vakillari Janbolat Sarsenov va Ruslan Asaubayev o‘zlari taqdim etayotgan dasturiy ta'minot mahsulotlarining xususiyatlari bo‘yicha atroflicha ma'lumot berishdi.

Qayd etilishicha, bu tizim nafaqat yo‘llardagi harakatlanishni nazorat qiladi, balki yuqori texnologiya sabab shaxsni tanish mumkin. Shuningdek, uning yordamida shahardagi avtoulovlar oqimi, ularning tezligini aniqlash mumkin. Shuningdek, buyurtmachining talabiga ko‘ra, boshqa funksiyalarni ham kiritsa bo‘ladi.

Uchrashuvda, raqamli texnologiyalarni ijtimoiy sohalar, jamoat transporti tizimi va boshqa yo‘nalishlarda qo‘llash bo‘yicha ham fikr almashildi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top