07:47 / 18.11.2019
0
13068

Kim Chen In harbiy mashg‘ulotlarda urushga tayyorlanishning muhimligini ta'kidlab o‘tdi 

Foto: epa/vostock-photo

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 18 noyabrda mamlakat harbiy-havo kuchlari va havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlarining mashg‘ulotlariga tashrif buyurib, urushga tayyorgarlik darajasini oshirish zarurligini ta'kidlab o‘tdi. 

Kim Chen In Janubiy Koreya va AQSh Pxenyanni yadroviysizlash bo‘yicha muzokaralarga qaytishga undash maqsadida birgalikdagi mashg‘ulotlarini bekor qilganining ertasi kuniyoq desantlarning tashlanishi mashg‘ulotlariga boshchilik qildi.  

“Ushbu vaziyatdagi kabi mashg‘ulotlar va tekshiruvlar o‘tkazish lozim: Koreya xalq armiyasi bo‘linmalari tayyorligini oshirish imkoniyati sifatida ogohlantirishsiz, urushni imitatsiya qiluvchi qat'iy sharoitlarda”, deb aytgan Kim Chen In va harbiylarning natijalaridan mamnuniyat bildirgan. 

Pentagon rahbari Mark Esper 17 noyabrda Shimoliy Koreya bilan munosabatlarni yaxshilash jarayonini qo‘llab-quvvatlash maqsadida AQSh va Janubiy Koreya noyabr oxiriga belgilangan birgalikdagi mashg‘ulotlarni bekor qilishini ma'lum qilgandi. AQSh prezidenti Donald Tramp esa Kim Chen Inni yadroviysizlash bo‘yicha bitimni “tezda” tuzishga chaqirgan va u bilan yaqin orada ko‘rishishga va'da bergan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top