04:57 / 18.11.2019
7
226935

Kun.uz jamoasi shahar hokimi bilan uchrashdi. O‘zaro tushunmovchilikka barham berildi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda va mahalliy internet nashrlarida Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Kun.uz muxbirlarini haqoratlayotgani, ularga jismonan yo‘q qilish bilan tahdid qilayotgani aks etgan audioyozuv faol ravishda muhokama qilinmoqda.

Shu sababdan bugun, 17 noyabr kuni vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Kun.uz tahririyati vakillari va Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida shahar hokimligi va sayt tahririyatiga taalluqli, yuzaga kelgan muammoli masalalar muhokama qilindi.

Shuni rasman ma'lum qilmoqchimizki, mazkur muloqot yakuniga ko‘ra sayt jamoasi va poytaxt hokimligi rahbariyati o‘rtasidagi barcha tushunmovchiliklar barham topdi. Tomonlar bir-birini tushunib, o‘zaro murosaga keldi.

Sayt tahririyati hokimning ushbu vaziyat yuzasidan bildirgan mulohazalarini qoniqarli deb topadi. 

Hamkasblar, boshqa nashrlarning jurnalistlari va blogerlarga shunday pallada faol qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Shu bilan birgalikda, ulardan bu masalani ortiq muhokama qilmaslikni so‘raymiz, zero faqat ikki tarafgagina tegishli bu nizo turli siyosiy kuchlar va shaxslar tomonidan tor manfaatlar yo‘lida qurol sifatida foydalanilishini xohlamaymiz.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top