20:44 / 20.11.2019
0
3149

Mobicon 2019 konferensiyasida ma'ruzachilarning chiqishlari dasturi e'lon qilindi

Joriy yilning 22 noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Mobicon 2019 konferensiyasining rasmiy saytida tadbir ma'ruzachilarining chiqishlari aks ettirilgan to‘liq dasturi e'lon qilindi. Konferensiyaning ochilish marosimi soat 9:00 da boshlanadi. Ma'ruzachilarning chiqishlari International Hotel Tashkent mehmonxonasining ikkita parallel bo‘limlarida to‘liq bir kun davom etadi. Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar o‘ynaladi.

Yandex (yandex.uz izlash va portali, shuningdek, Yandex.Dengi), Mail.ru Group, 2GIS, Formula 55, “Odnoklassniki” va boshqa xalqaro kompaniyalar mutaxassislari ishtirok etishadi. 

Tinglovchilarni mobil va Internet-marketing sohasidagi yetakchi mutaxassislarning qiziqarli taqdimotlari kutmoqda. Ushbu konferensiya ketma-ket to‘rtinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Mobicon 2019 tashkilotchisi- Ledokol Group, O‘zbekistondagi yetakchi media agentligi. 

Tadbirning rasmiy hamkorlari: Yandex, CLICK, CafePHO, AVTECH

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish rasmiy  @mobiconuzb Telegram kanali orqali amalga oshiriladi. Tadbir boshlanishidan bir necha kun oldin, aynan shu yerda elektron taklifnoma chiptasi e'lon qilinadi.

Konferensiyaning rasmiy veb-sayti: mobicon.uz.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top