22:53 / 20.11.2019
1
9532

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nyu-Yorkdagi chempionatda g‘olib chiqdi

14-18 noyabr kunlari Nyu-York shahrida «Marshall» shaxmat klubining 103-chempionati o‘tkazildi.

Bu yilgi musobaqada O‘zbekiston nomidan Jo‘rabek Hamroqulov qatnashdi va yakunda chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Har yili o‘tkazib kelinadigan turnirda bu gal 10 nafar shaxmatchi qatnashdi. 40 yurishga 90 daqiqa vaqt ajratilib, har bir yurishga 30 soniya qo‘shimcha vaqt berildi.

Ma'lumot uchun, Nyu-Yorkdagi ushbu klub AQShda eng uzoq tarixga ega shaxmat klublaridan sanaladi. Unga 1915 yilda grossmeyster Marshall tomonidan asos solingan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top