20:50 / 24.11.2019
0
8019

Afg‘onistonda prezident saylovlaridagi ovozlarni qayta hisoblashga to‘sqinlik qilinmoqda  

Afg‘onistonning 7 ta viloyatida bir qator guruhlar prezident saylovlaridagi ovozlarni qayta hisoblash jarayoniga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda Afg‘oniston mustaqil saylov komissiyasi ma'lum qildi.

Komissiya rahbari Havo Alam Nuristoniyning ta'kidlashicha, bugungi kunga kelib 24 ta viloyatda ovozlar qayta hisoblab bo‘lingan, yana uchta viloyatda davom etmoqda.

Nuristoniyning ma'lum qilishicha, mamlakatning 7 ta viloyatida u yoki bu nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi turli guruhlarning noroziliklari sababli qayta hisoblashni o‘tkazishning imkoni bo‘lmayapti. Shu sababli, saylovlar natijalarini belgilangan muddatda e'lon qilishga muvaffaq bo‘linmayapti.

Afg‘oniston prezidentiga nomzodlar Abdulloh Abdulloh, Rahmatulla Nabil, Haqim Tursun va Gulbiddin Hikmatiyor ovozlar qayta hisoblanishiga qarshi chiqishmoqda.

Saylovlar 28 sentyabrda bo‘lib o‘tgandi. Prezident lavozimiga asosiy nomzodlar amaldagi prezident Ashraf G‘ani, bosh vazir Abdulloh Abdulloh, “Hizb-i Islomiy” harakati yetakchisi Gulbiddin Hikmatiyor hisoblanadi. 

Mamlakatning “Tolibon” nazoratidagi 10 ta viloyatida ovoz berish o‘tkazilmagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top