15:54 / 24.11.2019
0
7773

Afg‘onistonda toliblar hujumi oqibatida sakkiz harbiy halok bo‘ldi

Foto: AP Photo / Massoud Hossaini

Toliblarning Daykundi viloyatida toliblarning nazorat-o‘tish punktlariga hujum qilishi oqibatida sakkiz nafar afg‘on harbiysi halok bo‘ldi, yana uch nafar harbiy jarohat oldi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

Viloyat hokimiyati vakili Sokini Ehsoniyning ma'lum qilishicha, "Tolibon" harakatining bir guruh jangarilari Kajran uyezdidagi ikkita nazorat-o‘tish punktiga hujum qilgan. Shundan so‘ng otishma boshlanib, to‘rt soat davom etgan.

"Sakkiz nafar harbiy halok bo‘ldi va uch nafari jarohat oldi", - dedi Ehsoniy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar orasida ham yo‘qotishlar bo‘lgan, ammo o‘ldirilgan jangarilarning aniq soni ma'lum qilinmagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top