17:00 / 24.11.2019
0
2820

Italiya sohil qo‘riqlash xizmati 149 nafar muhojirni qutqardi

Foto: Creative Commons

Italiya sohil qo‘riqlash xizmati xodimlari Lampeduza oroli yaqinida qayig‘i halokatga uchragan 149 nafar muhojirni qutqardi. 

Xabar qilinishicha, ichida 149 nafar muhojir bo‘lgan uzunligi 10 metrli qayiq qutqaruvchilar kateri yaqinlashgan vaqtda ag‘darilib ketgan.

Keyingi vaqtda Yevropada Ikkinchi jahon urushi davridan buyon eng jiddiy migratsion inqiroz kuzatilmoqda. Afrika va Yaqin Sharqdan muhojirlar to‘lqini Yevropa davlatlariga dengiz yo‘li orqali kirib kelmoqda.

Italiya IIVning ma'lumot berishicha, 2018 yilda Italiyaga dengiz orqali 23 ming muhojir kirib kelgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top