14:36 / 24.11.2019
0
10497

Qirg‘izistonda yer silkinishi qayd etildi

Qirg‘iziston hududida mahalliy vaqt bilan soat 11:39da yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda Qozog‘iston ta'lim vazirligi fan qo‘mitasining seysmologik tajriba-uslubiy ekspeditsiyasi ma'lum qildi.

Ma'lumot berilishicha, yer silkinishi kuchi 4,4 ballni tashkil etgan.

Zilzila epimarkazi 10 km chuqurlikda, Olmaotadan 260 km janubda joylashgan.

23 noyabr kuni O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etilgandi. 

Ma'lumot berilishicha, yer silkinishi kuchi Namangan va Andijonda 3, Farg‘onada4 ballni tashkil qilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top