13:08 / 25.11.2019
9
19084

Yana bir xususiy bandlik agentligining litsenziyasi to‘xtatildi. 633 mln so‘m o‘zlashtirib yuborilgani aytilmoqda

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda yana bir xususiy bandlik agentligining litsenziyasi to‘xtatildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, “Navoiy xususiy bandlik agentligi” MChJ mansabdor shaxslari xorijda ishga joylashish istagida agentlikka murojaat qilgan jami 211 nafar fuqaroni Janubiy Koreya Respublikasida malaka talab qilinmaydigan bo‘sh ish o‘rinlariga ishga yuborish, ularga 2 ming AQSh dollari miqdorida oylik ish haqi berilishiga ishontirgan.

Biroq, vazirlik ma'lumotida aytilishicha, ushbu shaxslar firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarning har biridan 3 mln. so‘mdan jami 633 mln. so‘m olib, pul mablag‘larini o‘zlashtirgan va belgilangan muddatda fuqarolarni ishga yubormagan.

Respublika huquqni muhofaza qilish organlari ushbu ma'lumot yuzasidan hozircha rasmiy izoh bilan chiqqani yo‘q.

Bundan oldin, yuzlab odamlarni chuv tushirgan yana bir xususiy bandlik agentligining litsenziyasi to‘xtatilgandi.

O‘z navbatida, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshqarma boshlig‘i Sarvar Karimovning aytishicha, 3ta xususiy bandlik agentligiga jinoiy ish ochilgan, 8ta litsenziya bekor qilingan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top