22:20 / 25.11.2019
1
35456

Yevropaning eng yaxshi avtomobili nomiga da'vogar mashinalar e'lon qilindi 

“2020 yil Yevropa avtomobili” tanlovi hakamlar hay'ati Yevropaning eng yaxshi avtomobili nomiga da'vogar mashinalarni e'lon qildi. Bu haqda Motor nashri xabar berdi.      

Ro‘yxatdan 7 ta finalchi model o‘rin olgan: BMW 1-Series, Ford Puma, Peugeot 208, Renault Clio, Toyota Corolla, Porsche Taycan va Tesla Model 3.

Foto: BMW 1-Series
Foto: Ford Puma
Foto: Peugeot 208
Foto: Renault Clio
Foto: Toyota Corolla
Foto: Porsche Taycan
Tesla Model 3

Mashinalarni tanlagan hakamlar hay'ati tarkibiga Yevropaning 23 ta davlatidan avtomobillar bo‘yicha 60 nafar mutaxassis kirgan.

G‘olib mashina 2020 yil martda o‘tadigan Jyeneva avtosalonida ma'lum qilinadi. 

2018 yilda Yevropaning eng yaxshi avtomobili Jaguar I-Pace elektr krossoveri bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top