17:00 / 26.11.2019
0
12046

Estoniya prezidenti «Rossiya tajovuzi»ga qarshi birlashishga chaqirdi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Drujinin

Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd Rossiyaga qarshi "kurash"da Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. U bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan o‘tkazilgan brifingda aytdi.

"Bu o‘zaro nizo emas, bu yerda bir mamlakat bosqinchi, ikkinchisi qurbon bo‘lgan tajovuz bor. Biz Qrimning qisman bosib olinishiga duch keldik", — dedi Estoniya prezidenti.

Moskva va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar Donbassdagi vaziyat va Qrimning qo‘shib olinishidan so‘ng yomonlashgandi. Ukraina hukumati Rossiyani mamlakat ichki ishlariga aralashishda aybladi. 2015 yilda Rada Rossiya "tajovuzkor davlat" deyilgan bayonotni qabul qildi. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top