23:36 / 27.11.2019
0
9693

Eronda Markaziy razvedka boshqarmasi bilan bog‘langan 8 kishi qo‘lga olindi 

Foto: Reuters

Eronda ommaviy noroziliklar bilan bog‘liq holda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasiga ishlovchi 8 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Eron axborot (razvedka) vazirligida ma'lum qilindi. 

“Namoyishlarda ishtirok etgan va razvedka idoralari buyruqlarini bajargan 6 kishi va xorijga jo‘natish maqsadida axborot to‘plagan 2 kishi ushlandi”, deyilgan xabarda.

Eronda benzin narxi oshirilgach ommaviy noroziliklar boshlanib, ular tartibsizliklarga aylanib ketgandi. AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Morgan Ortegus Vashington namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top