09:52 / 28.11.2019
3
17864

Tanzila Norboyeva har bir davlatning oldida turgan o‘ta muhim vazifani aytdi

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrida Gender tenglik va yoshlar masalalari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Tadbirni ochar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva o‘z kirish so‘zida gender tenglikni ta'minlash va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari butun dunyoda o‘z dolzarbligini yo‘qotmaganligini ta'kidlab o‘tdi.

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi deputatligi uchun ko‘rsatilgan 750 nafar nomzodning 43 foizini xotin qizlar tashkil etganligi ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi ortayotganligidan dalolatdir», - dedi Tanzila Norboyeva.

Uning ta'kidlashicha, globallashuv jarayonida yoshlar va ayollarni ekstremistik g‘oyalar ta'siridan va odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlardan himoya qilish har bir davlatning oldida turgan o‘ta muhim, dolzarb vazifadir. 

«Bu kabi salbiy holatlar kelib chiqishida mehnat migratsiyasi masalasi asosiy omillardan biri bo‘lib qolmoqda», - deya Tanzila Norboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Anjuman ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati a'zolari, BMT, YeXHT, DIIHB, Xalqaro mehnat tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar, vazirlik va idoralar, NNT vakillari, shuningdek xorijiy va milliy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishyapti. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top