17:50 / 28.11.2019
0
4518

Yosh Motsartning portreti 4 million yevroga sotildi

Parijda Christie's auksionida 13 yoshli Volfgang Amadey Motsartning portreti to‘rt million yevroga sotildi.

Foto: Christie's

Portret 1770 yilda Venetsiya respublikasi amaldori Petro Lujatining buyurtmasi bilan chizilgan.

Parijdagi Christie's auksioni filialining qadimiy kartinalar bo‘limi direktori Astrid Sentnerning aytishicha, portret muallifi aniqlanmagan.

Portret 1788 yilgacha Lujatida saqlangan, so‘ngra Verona filarmoniya akademiyasi ixtiyoriga o‘tgan.  

Portretning dastlabki narxi 800 ming yevro deb baholangandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top