18:55 / 29.11.2019
6815

EPSILON: «O‘zbekneftgaz» bilan hamkorlikda neft qazib chiqarish hajmi oshirilayotgan ayni paytda gaz uzatish tizimi ham kengaytirilmoqda

Ko‘kdumaloq konidagi neft berayotgan ikkita quduqning kunlik debit hajmi 29 noyabrdagi GRP ishlaridan so‘ng 9,8 dan 35 tn gacha ortdi.

28-29 noyabr kunlari Qoratepa, Qirqchashma va Cho‘lquvar konlaridagi uchta quduqda ham GRP ishlari olib borildi. Natijasiga ko‘ra, quduqlardan gazning sanoat oqimi kutilmoqda.

Gaz uzatish quvurlarini qurish ishlari davom ettirilmoqda

O‘tgan kunlar davomida 0,6 ming tn quvurlar (2,2 km) keltirish uchun yuklandi, 1,4 ming tn quvurlar (6,4 km) keltirildi, 1,4 km zovurlar kavlandi, 3,5 km quvurlar qatorga payvandlandi va 0,6 km quvurlar zovurga yotqizildi.

29 noyabr holatiga ko‘ra, 22,6 ming tn quvurlar (129,6 km) keltirish uchun yuklandi, 15,9 ming tn quvurlar (95,0 km) keltirildi, 37,2 km zovurlar kavlandi, 58,0 km quvurlar qatorga payvandlandi va 7,5 km quvurlar zovurga yotqizildi.

Kompaniya ishlarning borishi haqida ma'lumot yetkazishda davom etadi.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Top