10:01 / 29.11.2019
0
20705

Imomali Rahmon O‘zbekistonga keldi. U Shavkat Mirziyoyevni Tojikistonga taklif qildi 

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 28 noyabr kuni kechqurun Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Ikkinchi maslahatlashuv kengashi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiyot, energetika, transport, ta'lim, madaniyat va sarmoyalar sohasidagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari ikki davlatning ko‘plab sohalardagi hamkorligidan mamnun ekanligini bildirdi, deya xabar bermoqda Tojikiston prezidentining matbuot xizmati.

Tojikiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe shahriga rasmiy tashrif bilan borishga taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Ikkinchi maslahatlashuv kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Sammit kun tartibiga siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari kiritilgan.

Bundan oldin, Qirg‘iziston prezidenti Toshkentga kelgani xabar qilingandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top