13:25 / 29.11.2019
1
19938

O‘zbekiston klublari Osiyo Chempionlar Ligasi saralashidagi raqiblarini bilib olishdi

Musobaqada «So‘g‘diyona» ham ishtirok etishi mumkin 

Foto: AFP/Getty Images

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2020 yilgi Chempionlar Ligasida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan klublar ro‘yxatini e'lon qildi.

Unda «So‘g‘diyona» klubining nomi ham bor, deb xabar beradi «Futbolium» telegram kanali. Avvalroq jizzaxliklar litsenziyalashdan o‘tolmagani sababli, Chempionlar Ligasida ishtirok etolmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bundan kelib chiqadiki, PFL «So‘g‘diyona»ga nisbatan sanksiya qo‘llagan bo‘lsa-da, baribir litsenziya bergan.

Demak, Superliganing so‘nggi turidan o‘rin olgan va 30 noyabr kuni o‘tkaziladigan «Bunyodkor» - «So‘g‘diyona» o‘yinida nafaqat uchinchi o‘rin sohibi, balki Chempionlar Ligasi ishtirokchisi ham aniqlanadi.

O‘zbekiston klublari Chempionlar Ligasi saralash o‘yinlarini yanvar oyida boshlaydilar.

21 yanvar
«Lokomotiv» - «Istiqlol» (Tojikiston)
«Bunyodkor» / «So‘g‘diyona» - Az-Zavra (Iroq)

Agar klublarimiz bu bosqichdan o‘tsa, 28 yanvar kuni safarda to‘p tepishadi.

28 yanvar
Al-Ahliy (Saudiya Arabistoni) – «Lokomotiv» 
Al-Ayn (BAA) – «Bunyodkor» / «So‘g‘diyona» 

Eslatib o‘tamiz, saralash bosqichi faqat 1ta o‘yindan iborat bo‘ladi. Toshkentning «Paxtakor» klubi Chempionlar Ligasidagi ishtirokini guruh bosqichidan boshlaydi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top