12:46 / 29.11.2019
0
4978

O‘zbekistonda tibbiy asbob-uskunalarga xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish taklif qilindi

O‘zbekistonda tibbiy asbob-uskunalarga xizmat ko‘rsatish (ta'mirlash) sohasini rivojlantirish taklif etilmoqda. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tegishli petitsiya joylashtirildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi hududida tibbiy asbob-uskunalarni sotuvchi firmalar ko‘p emas, ularga xizmat ko‘rsatuvchi firmalar esa deyarli yo‘q. 

“Chunki O‘zbekistonda tibbiy asbob-uskunalarni ta'mirlashni o‘rgatuvchi o‘quv kurslari tashkil etilmagan. Tibbiyot muassasalaridagi tibbiy asbob-uskunalarga xizmat ko‘rsatuvchi (ta'mirlovchi)lar bor, lekin ular kichik uskunalarni ta'mirlashni biladi, xolos”, - deb yozadi murojaat muallifi. 

Bildirilishicha, hozirda ko‘plab tibbiy texnikalar buzilib, ta'mirlanmasdan eskirib ketmoqda va ularning o‘rniga yangi apparatlarni sotib olish uchun pul va vaqt sarflanmoqda. Bir apparatni ta'mirlayman, deguncha bemorlar sarson bo‘lishmoqda.

“Davlat korxonasi yoki xususiy firma ko‘rinishida har bir viloyatda tibbiy asbob-uskunalarga xizmat ko‘rsatuvchi, ya'ni ta'mirlovchi tashkilotlarni tashkil etish kerak. Shuningdek, tibbiy asbob-uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatuvchilarni ko‘paytirish va tegishli muassasalarda yetarlicha shtat birliklarini joriy etishni taklif qilaman”, - deyiladi petitsiyada.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top