11:19 / 29.11.2019
1
5711

XTV maktablar isitilishiga hokimlar mas'ul ekanini eslatdi

Xalq ta'limi vazirligi respublikadagi maktablarning isitish tizimiga kimlar mas'ul ekani haqida eslatma bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga mamlakatning turli tumanlarida maktablar isitilmayotgani haqida xabarlar kelmoqda.

Vazirlikning eslatishicha, “Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi farmoni 3-bandiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari maktablarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi uchun mas'ul hisoblanadi. 

“Maktabning isitish tizimiga bog‘liq muammolar bo‘lsa, mahalliy hokimiyatlar tuzgan ishchi guruhlarga xabar berishingizni so‘raymiz”, - deyiladi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top