18:28 / 30.11.2019
0
3030

Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolari parlament saylovida qaerda ovoz berishlari mumkin?

22 dekabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Pekin shahridagi elchixonasi quyidagilarni ma'lum qiladi.

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi qaroriga muvofiq, mamlakatimizning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi huzurida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish bo‘yicha 147-sonli Astrobod saylov okrugiga biriktirilgan 37-sonli saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Ushbu saylov uchastkasi manzili: Pekin shahri, Liang Matsiao ko‘chasi, 41-uy. Tel: +86-10-6532-6305, +86-10-6532-2551. Bu yerda 12-19 dekabr kunlari muddatidan oldin ovoz berish mumkin.

Mazkur uchastkada 22 dekabr kuni Mongoliya, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Filippinda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ham ovoz berishlari mumkin.

Shuningdek, saylov.mfa.uz saytida oldindan ro‘yxatdan o‘tishni yoki yuqorida ko‘rsatilgan raqamlar orqali elchixonaga murojaat qilish so‘raladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top