08:30 / 01.12.2019
0
10028

AQShdagi aviahalokat 9 kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: Pixabay

30 noyabrda AQShning Janubiy Dakota shtatida yengil motorli samolyot Pilatus PC-12 bilan yuz bergan aviahalokatda 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda KSFY telekanali xabar berdi.     

Aviahalokat mahalliy vaqt bilan soat 12:30da, samolyot Chemberlen shahridagi aeroportdan havoga ko‘tarilgach yuz bergan.

Aydaxo-Folsga yo‘nalayotgan samolyotda hammasi bo‘lib 12 kishi bo‘lgan. Qurbonlar orasida uchuvchi va ikki bola bor, yana 3 kishi jarohatlangan. 

Halokat sabablari ma'lum qilinmagan, biroq mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, halokat vaqtida hududda qor bo‘roni haqida ogohlantirish amal qilgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top