15:10 / 01.12.2019
0
11846

Napoleonning etigi 117 ming yevroga sotildi

Fransuz imperatori Napoleon Bonapartga tegishli bo‘lgan etik Parijdagi auksionda 117 ming yevroga sotildi. Bu haqda Drouot auksion uyi ma'lum qildi.

Etik dastlab 50-80 ming yevroga baholangan.

Drouot’da ma'lum qilinishicha, Napoleon ushbu etikni Muqaddas Yelena oroliga oxirgi surguni vaqtida kiygan. So‘ngra ushbu etik Napoleon haykalini yaratish ustida ishlagan haykaltarosh Karlo Marochettiga berilgan. Marochetti esa uni senator Pol Le Ruga sovg‘a qilgan va shundan keyin etik senator oilasida saqlab kelingan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top