15:40 / 01.12.2019
2
19967

Toshkent viloyatida 16 kishi is gazidan zaharlandi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida bir oilaning 16 nafar a'zosi is gazidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi, jabrlanganlarning 11 nafari bolalar.

1 dekabr kuni taxminan soat 05:30da Toshkent viloyati Qibray tumani Alisherobod mahallasidagi uylarning birida istiqomat qiluvchi bir oilaning 16 nafar a'zosi is gazidan zaharlanib, shifoxonaga murojaat qilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, is gazidan zaharlanganlarning 11 nafari voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan. Vafot etganlar yo‘q.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. Mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma'lumot beriladi.

«Hurmatli fuqarolar! Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, sizdan, xonadoningiz va boshqa binolardagi gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yo‘qligiga e'tiborli bo‘lishingizni hamda ulardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz», deyiladi departament xabarida.
 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top