15:14 / 02.12.2019
0
6479

Anqara Suriya qo‘shinlariga emas, terrorchilarga qarshi kurashayotganini bildirdi

Foto: AP Photo / Lefteris Pitarakis

Turkiya Suriya shimoli-sharqida suriyalik harbiylar emas, terrorchilar bilan kurashmoqda va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha majburiyatlarini buzmoqchi emas. Bu haqda Turkiya prezidenti ma'muriyatining xavfsizlik va tashqi siyosat bo‘yicha kengashi a'zosi Ismoil Safi ma'lum qildi.

"Bu hudud terrorchi unsurlardan batamom tozalangani yo‘q. Turkiya Suriya qo‘shinlariga emas, faqat terrorchilarga qarshi kurashmoqda", - dedi Safi Suriya armiyasi va turk qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘layotgani haqidagi xabarlarni izohlarkan.

Avvalroq SANA agentligi Turkiya Suriyaning Ras al-Ayn shahrida harbiy baza qurayotgani to‘g‘risida xabar tarqatgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top