16:36 / 02.12.2019
0
4275

AQSh energetika vaziri iste'foga chiqdi

Foto: EPA

AQSh energetika vaziri Rik Perri 1 dekabr kuni o‘z faoliyatini yakunladi.

"Bugun energetika vazirligi bilan xayrlashaman. Prezident Donald Tramp ma'muriyatida vazir sifatida ishlash men uchun sharaf bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘im, farzandlarim va amerikaliklarga rahmat", - deb yozdi Perri tvitterda.

Tramp Perrining iste'foga chiqishi to‘g‘risida oktyabrda ma'lum qilgan, keyinroq uning o‘rnini energetika vazirining o‘rinbosari Den Bruyyett egallashini aytgandi.

Perri 2017 yil martdan buyon energetika vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top